Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga kiritilayotganda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari, ushbu Qonunning 30-moddasida belgilangan oʻz huquqlari haqida yozma shaklda xabardor qilinishi kerak. Shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator bu haqda subyektni uch kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi. Subyektni yozma shaklda xabardor qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi: davlat organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda; shaxsga doir maʼlumotlar tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda ishlov berish uchun berilganda; shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan yigʻilganda.