Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 8-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Vakolatli davlat organi: shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi; shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi; Mulkdorning va (yoki) operatorning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi; Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritadi; shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi; shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli davlat organlariga ularning faoliyati sohasiga nisbatan qoʻllaniladigan belgilangan maʼlumotlarni yuboradi; shaxsga doir maʼlumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi; ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi va mazmunini, faoliyat turini, shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarning haqiqiyligini tahlil qiladi; shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf qilish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi; chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan shaxsga doir maʼlumotlar sohasida hamkorlikni amalga oshiradi.