Soliqni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda toʻlash imkonini bermasa, biroq koʻrsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun berilgan muddat mobaynida toʻlash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, berilishi mumkin. Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda berilishi mumkin: 1) ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi; 2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash kechiktirilganligi; 3) manfaatdor shaxs soliqni bir yoʻla toʻlashi oqibatida uning toʻlovga qobiliyatsizligi alomatlari paydo boʻlishi xavfi yuzaga kelganligi; 3¹ ) manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga koʻra soliq qarzini belgilangan muddatlarda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmaganligi; 3² ) agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) ushbu Kodeks 101-moddasining birinchi qismiga binoan soliq toʻlashni kechiktirish huquqi toʻgʻrisidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtganligining qayd raqamini va sanasini koʻrsatgan holda soliq organlariga yuborgan boʻlsa; 3³ ) agar oʻtgan yil yakunlari boʻyicha jami daromadi oʻn