Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi ariza manfaatdor shaxs tomonidan tegishli vakolatli organga beriladi. Tadbirkorlik subyektlari (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni bir ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkalariga va (yoki) binolar hamda inshootlarga boʻlgan mulkiy huquq olinganda ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlarni toʻlashni taqdim etilgan xabarnoma asosida xabardor qilgan holda va garov taʼminotisiz olti oy muddatga kechiktirish huquqiga ega. Bunda kechiktirilgan soliqlar summasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer uchastkalarining, binolarning va inshootlarning qiymatidan va (yoki) maydonlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan soliqlar miqdorida belgilanadi. Manfaatdor shaxsning soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 1) ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organining uning soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha hisob-kitoblari holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi; 2) ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organining mazkur shaxsga banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlar roʻyxati koʻrsatilgan maʼlumotnomasi; 3) ushbu shaxsning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha koʻrsatilgan ariza berilishidan oldingi olti oy davomida har oylik pul mablagʻlari aylanishi toʻgʻrisida, shuningdek uning haqi toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlarining tegishli kartotekasiga joylashtirilgan hisob-kitob hujjatlari mavjudligi toʻgʻrisida yoxud ushbu kartotekada ularning mavjud emasligi toʻgʻrisida banklar maʼlumotnomalari; 4) ushbu shaxsning banklardagi barcha hisobvaraqlarida mavjud boʻlgan pul mablagʻlarining qoldiqlari toʻgʻrisida banklar maʼlumotnomalari; 5) ushbu shaxsning soliqni toʻlash muddati oʻzgartirilgan davrda soliqni to