Soliq kodeksi 102-modda. Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini tugatish

Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi tegishli qarorning amal qilish muddati oʻtganidan keyin tugatiladi yoxud ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda bu muddat kelishidan oldin tugatilishi mumkin. Soliqning toʻliq summasi va tegishli foizlarning summasi belgilangan muddat oʻtgunga qadar toʻlangan taqdirda soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi muddatidan oldin tugatiladi. Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari manfaatdor shaxs tomonidan buzilgan taqdirda, uning amal qilishi soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarish muddatini tegishli oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organning qarori bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Yer uchastkalar, binolar va inshootlar soliq toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish muddati davrida realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan taqdirda, ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3²-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra kechiktirish summasi bir oy ichida toʻliq miqdorda undiriladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi muddatidan oldin tugatilganda manfaatdor shaxs tegishli qarorni olganidan keyin bir oy ichida soliq qarzining toʻlanmagan summasini, shuningdek soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan boshlab ushbu summa toʻlangan kungacha boʻlgan har bir kalendar kun uchun penya toʻlashi kerak. Bunda soliq qarzining qoplanmasdan qolgan summasi kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan soliq qarzi summasi toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) amal qilgan davrda kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) haqidagi qarorga muvofiq hisoblangan foizlar summasiga oshirilgan summa bilan haqiqatda toʻlangan summalar hamda foizlar oʻrta