Soliq kodeksi 103-modda. Ortiqcha toʻlangan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar

Soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq toʻlovchining qarzi boʻlmagan taqdirda shu soliq toʻlovchiga qaytarilishi yoxud ushbu soliq yoki boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga hisobga olinishi lozim. Soliq toʻlovchida soliq qarzi mavjud boʻlgan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu qarzni uzish hisobiga quyidagi ketma-ketlikda hisobga olinishi lozim: 1) mazkur soliq turining penyasi boʻyicha qarz hisobiga; 2) boshqa soliqlar va ularning penyalari boʻyicha qarzni uzish hisobiga; 3) soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun jarimalarni toʻlash hisobiga. Ortiqcha toʻlangan soliq summasi soliq toʻlovchining arizasiga koʻra soliq toʻlovchiga toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismiga muvofiq va uchinchi qismini hisobga olgan holda qaytarilishi lozim boʻlgan summani soliq toʻlovchiga qaytarish ushbu Kodeksning 104 va 105-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Soliqlarning ortiqcha toʻlangani ehtimolidan dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq organining yoki soliq toʻlovchining taklifiga koʻra soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha hisob-kitoblarni birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilishi mumkin. Soliqning ortiqcha toʻlangan summalarini hamda hisoblangan foizlarini hisobga olish yoki qaytarish milliy valyutada amalga oshiriladi. Ushbu bobda belgilangan qoidalar ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan boʻnak va joriy toʻlovlar, yigʻimlar, penyalar va jarimalarning summalarini hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi hamda soliq agentlari va yigʻimlarni toʻlovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu bobda belgilangan qoidalar ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan yigʻimlar, penyalar va jarimalar summalarini boshqa vakolatli organlar tomonidan hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ushbu bobda belgilangan qoidalar soliq organining qaroriga koʻra oʻrni qop