Soliq kodeksi 12-modda. Oshkoralik prinsipi

Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari rasman eʼlon qilinishi shart. Rasman eʼlon qilinmagan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.