Soliq kodeksi 124-modda. Soliq qarzini soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish

Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirishda ushbu Kodeks 123-moddasining qoidalari ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi. Soliqni soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining mol-mulki hisobidan undirish birinchi navbatda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh masʼul ishtirokchisining ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisida ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki umuman boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur guruhning boshqa aʼzolaridan ularning naqd pul mablagʻlari hamda banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarida ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki umuman boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur guruh masʼul ishtirokchisining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Bunday undiruv ushbu Kodeks 123-moddasi toʻrtinchi qismining 2 — 6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish ushbu Kodeks 123-moddasi toʻrtinchi qismining 2 — 6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda mazkur guruh oʻzga ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Soliq organi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi mavjud axborot asosida boshqa mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish amalga oshiriladigan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibini hamd