Yuridik va jismoniy shaxslarni ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan tartibda olinadigan maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga olish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Soliq organlari oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida soliq toʻlovchilar hisobga olinishini (hisobdan chiqarilishini) va soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar hisobi yuritilishini taʼminlashi shart. Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga qoʻyish quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi: 1) yuridik shaxs oʻzi joylashgan yerida, filiali va (yoki) vakolatxonasi joylashgan yerida; 2) chet el notijorat nohukumat tashkilotining oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlinmasi orqali amalga oshirish joyida; 3) yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyida yoki oʻz yashash joyida. Chet el yuridik shaxsini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) vakolatxona orqali oʻz faoliyatini amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Faoliyatini boshqa alohida boʻlinmalar orqali amalga oshirish chogʻida chet el yuridik shaxsini hisobga qoʻyish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiriladi. Chet el yuridik shaxsini soliq organlarida hisobdan chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. Hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxsi tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini boshlagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga beriladi. Hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bunday shaxs tomoni