Soliq kodeksi 132-modda. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari

Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari deganda soliq toʻlovchi tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek ushbu Kodeksning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yuborilgan maʼlumotlar tushuniladi. Yuridik shaxs toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan: 1) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; 2) toʻliq va qisqartirilgan nomi; 3) joylashgan yeri (pochta manzili); 4) tashkiliy-huquqiy shakli; 5) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joyi va raqami; 6) ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori — tijorat tashkilotlari uchun; 7) alohida boʻlinmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 8) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan ishtirokchilar soliq toʻlovchisining identifikatsiya raqami, chet ellik ishtirokchining mamlakati hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi koʻrsatilgan holda ishtirokchilarning toʻliq tarkibi — tijorat tashkilotlari uchun. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari tarkibiga ularning quyidagi shaxsga doir maʼlumotlari kiritiladi: 1) familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) fuqaroligi; 3) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; 4) pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi; 5) yashash joyi (manzili). Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob maʼlumotlari tarkibiga ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi: 1) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joyi va raqami; 2) faoliyat turi; 3) faoliyat amalga oshiriladigan joy. Soliq toʻlovchi soliq organlarining maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan oʻz hisob maʼlumotlarini soliq organining soʻroviga koʻra soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi kerak. Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob maʼlumotlarini yuritish, soliq toʻlovchilar tomonidan ularni tasdiqlash, bu maʼlumotlarni uchinchi shax