Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga ushbu shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay tegishli yuridik shaxslarning davlat reyestridan koʻchirmani, rahbar (rahbar vazifalarini bajaruvchi shaxs) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini va uning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlarni topshirishi shart. Shuningdek mazkur organlar soliq organiga davlat reyestriga kiritilgan va tegishli shaxslarga taalluqli boʻlgan har qanday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida bunday oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay maʼlum qilishi shart. Ichki ishlar organlari identifikatsiyalovchi ID-kartalar berilganligi, shu jumladan yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar oʻrniga identifikatsiyalovchi ID-kartalar berilganligi faktlari toʻgʻrisida, bekor qilingan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida oʻzlari joylashgan joydagi soliq organlariga har oyda xabar berib borishi, shuningdek turar joyni ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasi, tekin foydalanishga berish shartnomasi mavjud emasligi yoki ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasining soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etilmaganligi boʻyicha aniqlangan faktlar toʻgʻrisida oʻzlari joylashgan joydagi soliq organlariga uch kun ichida xabar berishi shart. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer ucha