Soliq solish maqsadida barcha bitimlar va soliq toʻlovchi kirishadigan boshqa iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi usulidan yoki shartnomaning nomlanishidan qatʼi nazar, oʻzining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda hisobga olinishi kerak. Agar bitimning yoki iqtisodiy munosabatlarning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi ularning haqiqatdagi iqtisodiy mazmuniga muvofiq boʻlmasa, soliq organlari soliq solish maqsadida bitimning yuridik tavsiflanishini, soliq toʻlovchining maqomini va (yoki) uning iqtisodiy faoliyati xususiyatini oʻzgartirishga haqli. Qalbaki (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan) bitimlar soliq solish maqsadida hisobga olinmaydi. Agar bunday bitimlar boshqa bitimlarni niqoblasa, soliqlarni hisoblash uchun haqiqiy bitimlarning iqtisodiy mazmuni va natijalari hisobga olinadi. Agar bitimlarning yoki boshqa iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari oʻzlari tuzgan bitimlarning barcha shartlari va talablarini bajarayotgan boʻlsa, soliqqa oid boʻlmagan munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalarning ayrim buzilishlari soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarni yoki ularning qilgan xarajatlarini (koʻrgan zararlarini) soliq solish maqsadida eʼtirof etishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas. Agar soliq toʻlovchi yagona yoki ustuvor maqsadi soliq toʻlamaslik tarzidagi asossiz soliq nafi olishdan yoxud oʻzi toʻlaydigan soliqlarning summasini kamaytirishdan iborat boʻlgan operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirsa, uning bunday harakatlari ushbu Kodeks maqsadlarida huquqni suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi. Soliqlarning summalarini kamaytirishga oid sxema ham huquqni suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi, bunda ushbu kamaytirish bevosita yoki bilvosita maqsad yoxud oqibat boʻladi yoki maqsadlardan yoxud oqibatlardan biri boʻladi hamda bu maqsad yoki oqibat ikkinchi darajali boʻlmaydi. Soliqlarning summalarini kamaytir