Soliq kodeksi 141-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddati

Agar ushbu Kodeksning 142-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq auditi oʻttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas. Soliq auditini oʻtkazish muddati soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq topshirilgan kunda boshlanadi.