Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida amalga oshiriladi. Hujjatlar va buyumlarni tungi paytda olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxslar ishtirokida oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan hollarda, olib qoʻyishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun mutaxassis taklif etiladi. Olib qoʻyish boshlanguniga qadar soliq organining mansabdor shaxsi olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi hamda hozir boʻlgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. Soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlar va buyumlarini olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxsga ularni oʻz ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, taklif rad etilgan taqdirda esa olib qoʻyishni majburiy tarzda amalga oshiradi. Oʻziga nisbatan olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxs olib qoʻyilishi lozim boʻlgan hujjatlar va buyumlar saqlanishi mumkin boʻlgan binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh tortganda, soliq organining mansabdor shaxsi tambalarga, eshiklarga va boshqa buyumlarga zarurat sababli yuzaga kelmagan shikast yetkazishdan qochib olib qoʻyishni mustaqil tarzda bajarishga haqli. Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi boʻlmagan hujjatlar va buyumlar olib qoʻyilmaydi. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 154-moddasida hamda mazkur moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda bayonnoma tuziladi. Olib qoʻyilgan hujjatlar va buyumlar olib qoʻyish bayonnomasida yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatlarda aniq nomi, soni, oʻziga xos xususiyatlari va imkon qadar buyumlarning qiymati koʻrsatilgan holda sanab oʻtiladi hamda roʻyxatga olinadi. Agar soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish uchun tekshirilayotgan shaxs hujjatlarining koʻchirma nusxalari yetarli boʻlmasa hamda soliq organlarida hujjatlarning asl nusxalari yoʻq