Soliq kodeksi 158-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartibi

Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari qaysi soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi davomida aniqlangan boʻlsa, oʻsha soliq auditi dalolatnomasi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallari, agar ushbu Kodeksning 159¹-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq tekshiruvini oʻtkazgan soliq organi yoki soliq tekshiruvi boshqa hududiy soliq organi yoxud boshqa vakolatli organ tomonidan oʻtkazilgan hollarda, shu soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan soliq organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) tomonidan ushbu soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak. Ularga doir qaror soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilganidan keyin besh kundan kechiktirmay qabul qilinishi lozim. Agar tekshirilayotgan shaxs (uning vakili) soliq auditining dalolatnomasiga va (yoki) sayyor soliq tekshiruvining materiallariga doir yozma eʼtirozlarini ushbu Kodeksning 156-moddasi oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etgan boʻlsa, ushbu eʼtirozlar ham koʻrib chiqilishi lozim. Soliq organi tekshiruv materiallari koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida soliq toʻlovchini ularni koʻrib chiqish boshlanguniga qadar kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi. Soliq toʻlovchining iltimosnomasi yoki soliq organining tashabbusi (soliq toʻlovchining roziligi) bilan, taraflarda videokonferensaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati mavjud boʻlganda tekshiruv materiallari videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqilishi va uning audio-vizual tartibda yozib olingan shakli soliq toʻlovchiga uning shaxsiy kabineti orqali yetkazib berilishi mumkin. Tekshiruv materiallari ushbu rejimda koʻrib chiqiladigan sana va elektron manzil haqida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga koʻrib chiqish boshlanguniga qadar kamida ikki ish kuni oldin xabar yuboriladi. Agar soliq toʻlovchi soliq organini uzrli sabablarga koʻra soliq tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqilishiga kela olma