Soliq kodeksi 159-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilish

Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ushbu Kodeksning 158-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari), agar ushbu Kodeksning 159¹-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni (bundan buyon matnda soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror deb yuritiladi) qabul qiladi: 1) soliqlar va penyalar qoʻshib hisoblash yoki buni rad etish; 2) soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish yoki buni rad etish. Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlarga, oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs tomonidan oʻz himoyasi uchun keltiriladigan vajlarga hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalariga havola qilgan holda, oʻtkazilgan soliq tekshiruvida qanday belgilangan boʻlsa, shunday bayon etiladi. Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda ushbu Kodeksning shu huquqbuzarliklarni nazarda tutuvchi moddalari va qoʻllaniladigan javobgarlik choralari koʻrsatiladi. Soliqlarni qoʻshib hisoblashni nazarda tutuvchi qarorda, agar soliqlarga oid qarzdorlik tekshiruv jarayonida aniqlangan boʻlsa, soliqlarga oid aniqlangan ushbu qarzdorlik miqdori va tegishli penyalar summasi koʻrsatiladi. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni rad etishni nazarda tutuvchi qarorda bunday rad etish uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi. Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qarorda oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs ushbu qaror ustidan qaysi muddat ichida shikoyat qilishga haqli boʻlsa, oʻsha muddat va qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi. Agar soliq auditi jarayonida soliq organining qarori asosida ortiqcha qaytarilgan s