Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxni belgilash, eng koʻp va (yoki) eng kam chegaraviy narxlarni belgilash vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan turdagi bitimlardagi narxlar ushbu moddaning toʻrtinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish maqsadida bozor narxlari deb topiladi. Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxga doir eng koʻp va (yoki) eng kam ustamalar yoki narxlardan chegirmalar belgilash vositasida yoxud rentabellikka yoki foydaga doir cheklovlar vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan turdagi bitimlardagi narxlar soliq solish maqsadida ushbu moddaning sakkizinchi qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda bozor narxlari deb topiladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlar, agar narxlarni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va chet davlatlarning qonunchiligiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirilsa, hisobga olinadi. Belgilangan narxlarga muvofiq boʻlgan narxlar va narxning kelishilgan formulasiga muvofiq boʻlgan narxlar bozor narxlari deb topiladi. Eng kam chegaraviy narxni belgilashda bunday narx, agar bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng kam chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxga teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etiladi, eng koʻp koʻrsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng koʻp koʻrsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi. Eng koʻp chegaraviy narxni belgilash chogʻida bunday narx bozor narxini aniqlashda, agar ushbu eng koʻp chegaraviy narx bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 23-bobiga muv