Soliq toʻlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nomidan uning rahbari (rahbar oʻrinbosari), agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim taraflaridir. Agar tashqi savdo bitimiga nisbatan narxlarni belgilash toʻgʻrisida taraflardan hech boʻlmaganda biri chet davlatning soliq rezidenti hisoblanib, bitim tuzish nazarda tutilsa, soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga bunday chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli organi ishtirokida narxni belgilash toʻgʻrisida shunday bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat etishga haqli. Chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli organi ishtirokidagi bunday bitimni tuzish, basharti ushbu davlat bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish maqsadida shartnoma (bitim) tuzilsa, mumkin boʻladi. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bunday bitimlarni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar bir turdagi nazorat qilinadigan bitimlar Oʻzbekiston Respublikasining bir nechta oʻzaro bogʻliq yuridik shaxsi (yuridik shaxslar guruhi) oʻrtasida tuzilsa, mazkur yuridik shaxslar bilan narxni belgilash toʻgʻrisida koʻp tomonlama bitim tuzilishi mumkin. Bunday bitimning shartlari ushbu bitimni tuzgan barcha yuridik shaxslar guruhiga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Kodeksning tegishincha 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda narx belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishda, uning shartlarini oʻzgartirishda va uning shartlari bajarilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazishda yuridik shaxslar guruhining umumiy manfaatlarini ushbu guruhdan bitta yuridik shaxs ifodalashi mumkin. Bunday shaxsning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan ishonchnomalar bilan tasdiqlanadi. Narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzgan soliq toʻlovchi bitim qaysi shaxslar bilan tuzilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni bunday bitim tuzilganligi fakti haqida va unda belgilangan, soliqqa tortish maqs