Soliq kodeksi 209-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar

Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organini quyidagilar toʻgʻrisida xabardor qiladi: chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini taʼsis etish haqida); chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalar haqida. Chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma shunday chet el yuridik shaxsida bunday xabarnomani taqdim etish uchun asos boʻlgan ishtirok etish yuzaga kelgan (ulush oʻzgargan) sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi ushbu Kodeksning 208-moddasiga muvofiq nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak boʻlgan soliq davridan keyingi yilning 20-martidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi. Agar chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma taqdim etilganidan keyin bunday xabarnomani taqdim etish uchun asoslar oʻzgarmagan boʻlsa, takroriy xabarnomalar taqdim etilmaydi. Chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish tugatilgan taqdirda, soliq toʻlovchi ishtirok etish tugatilgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda soliq organini bu haqda xabardor qiladi. Soliq toʻlovchilar chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarni oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga taqdim etadi. Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalar va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar soliq organiga elektron shaklda taqdim etiladi. Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar mazkur xabarnomalarni qogʻozda taqdim etishga haqlidir. Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish