Soliq kodeksi 22-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari

Soliq toʻlovchilar: belgilangan soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda hisoblab chiqarishi va toʻlashi; hujjatlarni koʻrib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati toʻgʻrisida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi; tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, koʻrsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi; agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni toʻlash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi uch yil mobaynida but saqlanishini taʼminlashi; oʻzi soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki toʻgʻrisida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq boʻlsa, xabardor etishi shart. Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, oʻzlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga oʻzlarining barcha alohida boʻlinmalari toʻgʻrisida va alohida boʻlinmalarga oid ilgari xabar qilingan maʼlumotlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida alohida boʻlinma tashkil etilgan yoki mazkur maʼlumotlar oʻzgartirilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. Ushbu Kodeks bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik