Bank tomonidan soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penya va jarima summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi soliq toʻlovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun oʻtkazilmagan summa bir foizining beshdan bir qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.