Shikoyatni koʻrib chiqish davomida uni bergan shaxs oʻz dalillarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli. Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni, uni bergan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyat koʻrib chiqilishi davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni, shuningdek quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi. Shikoyatni koʻrib chiquvchi soliq organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin. Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldiradi; soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatini bekor qiladi; soliq organining qarorini toʻliq yoki qisman bekor qiladi; soliq organining qarorini toʻliq bekor qiladi va ish yuzasidan yangi qaror qabul qiladi; soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb eʼtirof etadi va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqaradi. Agar shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar ushbu shikoyatni koʻrib chiqish davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni qarori ustidan shikoyat berilgan soliq organiga oʻz vaqtida taqdim etish mumkin boʻlmagan sabablar boʻyicha tushuntirishlarni taqdim etgan boʻlsa, bu qoʻshimcha hujjatlar yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqiladi. Mazkur qoida ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat berilganda qoʻllaniladi. Yuqori turuvchi soliq organi, agar shikoyatni koʻrib chiqish natijasida soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartib-taomilining muhim shartlari buzilganligi aniqlangan boʻlsa, ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorni bekor qilishga haqlidir. Yuqori turuvchi soliq organi qarorni bekor qil