Soliq kodeksi 239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma

Tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma quyidagilardan iborat: 1) tovarga boʻlgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan tovarning qarz shartnomasi boʻyicha oʻtkazish; 2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno; 3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish; 4) tovarni boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida berish. Tovarni realizatsiya qilishdan farq qiluvchi har qanday faoliyat, shu jumladan quyidagilar xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof etiladi: 1) pullik asosda xizmatlar koʻrsatish; 2) bepul xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan mol-mulkni soliq toʻlovchining bepul foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmatlarni koʻrsatish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno. Tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar koʻrsatish quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb eʼtirof etiladi: 1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan boʻlsa; 2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa; 3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa. Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida quyidagilar ham tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadir: 1) yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish); 2) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) ishtirokchilari oʻrtasida shunday shartnoma doirasida tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish); 3) quyidagilarga tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish): a) yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan ishtirokchi chiqqanda (chiqarilganda) yoki uning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoxud ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) yuridik shaxs tomonidan qaytarib sotib oling