Soliq kodeksi 242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana yoki tovarlar joʻnatilgan (berilgan) sana, agar ushbu sana hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa, tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. Agar tovarni joʻnatish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga boʻlgan mulk huquqi xaridorga oʻtkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. Koʻchmas mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxs tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari tomonidan imzolangan qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha xaridorga koʻchmas mol-mulk berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi. Xizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi qoidalari boshlanishi bir hisobot (soliq) davriga, tamomlanishi esa boshqa hisobot (soliq) davriga toʻgʻri keladigan xizmatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, moliyaviy va sugʻurta xizmatlari, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya qilinganda, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) kalendar oyning soʻnggi kuni tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. Obyektlar qurilishida, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda, shuningdek uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, har bir kalendar oyning oxi