Quyidagilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi: 1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar; 3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda — boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar; 4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar; 5) qonunchilikka muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros obyektlari jamoasiga kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovgʻaga olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining tegishli tasdiqnomasi mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi; 6) oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar; 7) xalqaro kitob almashinuvi boʻyicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan kinematografiya asarlari; 8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy toʻlov vositalari boʻlgan banknotlar (bundan kolleksiyalash uchun moʻljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlar; 9) xa