Soliq kodeksi 253-modda. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari

Muddatli bitim deganda shartnomada belgilangan muddat tugagach bevosita ushbu shartnomada koʻrsatilgan narx boʻyicha tovarlar yetkazib berilishini (xizmatlar koʻrsatilishini) taqozo etadigan bitim tushuniladi. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bevosita shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan qiymati sifatida aniqlanadi. Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan hosila moliyaviy vositalar realizatsiya qilinganda soliq bazasi asos aktivning bevosita shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan qiymati sifatida aniqlanadi. Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi hosila moliyaviy vositalarning asos aktivi realizatsiya qilinganda, soliq bazasi, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan hamda ushbu hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida aniqlanadi. Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi opsion kontraktlarning asos aktivi realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan va hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida, lekin realizatsiya qilish sanasidagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilganidan past boʻlmagan qiymatda aniqlanadi. Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida opsion kontrakt (opsion) deganda bir taraf (opsion xaridori) boshqa tarafdan (opsionni sotuvchidan) oldindan belgilangan narx boʻyicha asos aktivning muayyan sonini sotib olish (“koll” opsioni) yoki sotish (“put” opsioni) huquqini oladigan bi