Oʻzbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi boʻlgan tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni (xizmatlarni) aksizlar (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi. Soliq agentlari deb ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning (xizmatlarning) xaridorlari (ularni oluvchilar) boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari eʼtirof etiladi. Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan chet ellik shaxslar bilan hisob-kitoblarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalari topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki boshqa vositachilik shartnomalari asosida ishtirok etsa, bunday shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi. Mazkur hollarda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan bunday tovarlarning aksizlar (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi. Ushbu Kodeksning 282-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan chet el yuridik shaxslari realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga yoki Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslariga topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki shunga oʻxshash shartnomalar asosida elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq agentlari deb eʼtirof etiladi. Oʻzbekisto