Soliq kodeksi 263-modda. Xalqaro tashishlar bilan bogʻliq xizmatlarga soliq solish

Nol stavka boʻyicha soliq solish quyidagilarni realizatsiya qilish chogʻida amalga oshiriladi: 1) tovarlarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlarni. Tovarlarni xalqaro tashish deganda tovarlarning joʻnatish punkti yoki belgilangan punkti Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan taqdirda tovarlarni havo kemalari, temir yoʻl transporti va (yoki) avtotransport vositalari orqali tashish tushuniladi; 2) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chogʻida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan to Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoki transportda tashish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlarni; 3) tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, basharti yoʻlovchilarni, pochtani va bagajni joʻnatish punkti yoki belgilangan punkti Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, yoʻlovchilarni, pochtani va bagajni tashish boʻyicha xizmatlarni; 4) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilinadigan tovarlarni tashish yoki transportda tashish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari boʻlgan tashuvchilar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni. Ushbu bandning qoidalari, basharti tashish hujjatlarida bojxona organlarining belgilari qoʻyilgan boʻlsa, qoʻllaniladi; 5) xalqaro tashishda havo kemalariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida koʻrsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan aeronavigatsiya xizmatlarini. Ushbu moddaning qoidalari tovarlarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport ekspeditsiyasi shartnomalariga asosan koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu modda maqsadida transport-ekspeditorlik xizma