Ushbu Kodeksning 266-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq obyektlardan kelgusida foydalanilgan taqdirda tuzatish kiritilishi lozim, bundan toʻliq amortizatsiya qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan eʼtiboran oʻn yildan ortiq vaqt oʻtgan obyektlar mustasno. Soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu obyektlar boʻyicha ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning bunday tuzatish kiritilayotgan sanadagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Bunda soliqqa tuzatish kiritish summasi mazkur obyektlar balans qiymatining koʻpayishiga olib boriladi. Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan kelgusida soliq toʻlovchi tomonidan ushbu boʻlimga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun yangidan foydalanilsa, soliq toʻlovchi tuzatish kiritishga va hisoblab chiqarilgan soliq summasini ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganiga oʻxshash tartibda hisobga olish uchun qabul qilishga haqli. Ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi, agar soliq toʻlovchi tomonidan keyinchalik bunday obyektlardan ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun foydalanilsa, hisobga oʻtkazilishi lozim, bundan toʻliq amortizatsiya qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan eʼtiboran oʻn yildan ortiq vaqt oʻtgan obyektlar mustasno. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliqqa tuzatish kiritish summasi ilgari mazkur obyektlar qiymatiga kiritilgan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning tegishli soliq summasini oʻz ichiga oladigan, bunday tuzatish kiritilgan sanadagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiyma