Agar oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning) ishtirokchilaridan hech boʻlmaganda bittasi Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, soliq solish maqsadida birgalikdagi faoliyat doirasida amalga oshiriladigan hamda ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish shunday ishtirokchi (bundan buyon ushbu moddada ishonchli shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi kerak. Mazkur qoida oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq shirkat ishlarini yuritish kimning zimmasiga yuklatilganligidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi. Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi zimmasiga soliq toʻlovchining ushbu boʻlimda belgilangan majburiyatlari yuklatiladi. Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishi shart. Soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish uchun olinadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliqni hisobga olish imkoniyati faqat shirkatning ishonchli shaxsiga, basharti sotuvchilar tomonidan ushbu shaxsga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar mavjud boʻlsa, beriladi. Shirkatning ishonchli shaxsi tomonidan