Soliq kodeksi 277-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tovarlarni olib chiqishda soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari

Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq solish tanlangan bojxona rejimiga qarab, quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) tovarlar erkin muomalada boʻlish (import) uchun chiqarish bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻliq hajmda hisoblanadi; 2) tovarlar reimport bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq tovarlar eksport qilinganda toʻlashdan ozod etilgan soliq summalarini yoxud unga tovarlar eksport qilinganligi tufayli qaytarib berilgan summalarni toʻlaydi. Sanab oʻtilgan summalarni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi; 3) tovarlar tranzit, bojxona ombori, reeksport, boj olinmaydigan savdo, erkin bojxona hududi, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga, shuningdek gʻamlab qoʻyilgan narsalar bojxonada deklaratsiya qilinganda soliq toʻlanmaydi; 4) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilganda, basharti qayta ishlash mahsulotlarini muayyan muddatda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilsa, soliq toʻlanmaydi; 5) tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod etish qoʻllaniladi; 6) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash mahsulotlari olib kirilgan taqdirda, soliq toʻlovi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi; 7) tovarlar ichki isteʼmol uchun qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻliq hajmda toʻlanadi. Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq solish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomilida olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi. Mazkur qoida tovarlarni keyinchalik eksport bojxona tartib-taomiliga muvofiq olib chiqish maqsadida