Ushbu Kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida koʻrsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan ushbu boʻlimga koʻra chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno. Ushbu boʻlim maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (koʻrilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (ushbu Kodeksning 333 — 336-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb eʼtirof etiladi. Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqimlar tushuniladi. Har qanday chiqimlar, basharti ular hech boʻlmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqimlar deb eʼtirof etiladi: 1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan boʻlsa; 2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa; 3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa. Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlar tushuniladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar; 2) tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida qoʻllaniladigan tartibga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar; 3) boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, yoʻl hujjatlari, shartnomaga muvofiq koʻrsatilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar. Ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni sotib olish va hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi, shu xarajat sifatida eʼtirof etilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 314-moddasida na