Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning boshlangʻich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qoʻllashga haqli. Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb eʼtirof etiladi. Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qoʻllaniladi: 1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminotini sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summalarining 20 foizi miqdorida; 2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasining 10 foizi miqdorida. Ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar boʻyicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi. Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan yoxud oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini oʻtkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminoti sotib olingan hisobot (soliq) davrida qoʻllaniladi. Ushbu modda maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan eʼtiboran koʻpi bilan uch yil oʻtgan mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskun