Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik jihatdan oʻrganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga doir xarajatlar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan boshqa xarajatlar amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish ishlari boʻyicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq toʻlovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan eʼtiboran soliq toʻlovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi. Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi har oyda teng ulushlarda, soliq toʻlovchining xohishiga koʻra belgilanadigan amortizatsiya normasini qoʻllash yoʻli bilan: biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda; biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqariladi. Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq toʻlovchi yer qaʼri uchastkasidagi ishlarni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa sabablarga koʻra tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qi