Soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda chiqib ketishidan (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplashdan) olingan daromadlari qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketish narxidan, shuningdek soliq toʻlovchiga xaridor tomonidan toʻlangan, jamlangan foizli (kuponli) daromadning summasidan va soliq toʻlovchiga emitent (veksel beruvchi) tomonidan toʻlangan jamlangan foizli (kuponli) daromadning summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda chiqib ketishidan olgan daromadiga ilgari soliq solishda hisobga olingan foizli (kuponli) daromad summasi kiritilmaydi. Soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan payli investitsiya fondining investitsiya paylarini realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplash) chogʻidagi xarajatlari qimmatli qogʻozni sotib olish narxidan (shu jumladan uni sotib olish xarajatlaridan), uni realizatsiya qilish xarajatlaridan, investitsiya paylarining hisob-kitob qilingan qiymatidan ajratilgan siylovlar miqdoridan, qimmatli qogʻozlarni sotuvchiga soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ilgari soliq solishda hisobga olingan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasi xarajatga kiritilmaydi. Ushbu bob maqsadlarida qimmatli qogʻozlar quyidagi hollarda ham realizatsiya qilingan (sotib olingan) deb eʼtirof etiladi: 1) soliq toʻlovchining tegishli qimmatli qogʻozlarni bir turdagi muqobil talablarni hisobga oʻtkazish orqali berishga (qabul qilishga) doir majburiyatlari tugatilganda, shu jumladan bunday majburiyatlar qonunchilikka muvofiq kliringni amalga oshirishda tugatilgan taqdirda; 2) uyushtirilgan savdolar qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan shartnomalardan kelib