Ushbu modda maqsadlarida uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davrida olgan daromadlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 1) soliq toʻlovchi hisobot (soliq) davri mobaynida olishi kerak boʻlgan variatsiyaviy marjaning summasi; 2) muddatli bitimlarning qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida olinishi kerak boʻlgan, shu jumladan asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar tartibidagi boshqa summalar. Ushbu modda maqsadlari uchun soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davrida uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 1) variatsiyaviy marjaning hisobot (soliq) davrida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan summasi; 2) uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa summalar, shuningdek asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan bitimlar boʻyicha oʻtkaziladigan asos aktivning qiymati; 3) uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar. Ushbu modda maqsadlari uchun soliq toʻlovchining uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida olingan daromadlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 1) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya ishtirokchilaridan biri operatsiya bajarilganda (tugallanganda) hisobot (soliq) davrida olishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarining summalari; 2) uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga