Qayta tashkil etish munosabati bilan oʻtkaziladigan zararlar soliq toʻlovchilar boʻlgan huquqiy vorislar oʻrtasida taqsimlash balansi asosida oʻtkaziladigan aktivlar qiymatining qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs aktivlari qiymatidagi taqsimlash balansini tuzish sanasidan oldingi sanadagi holatiga koʻra solishtirma miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Huquqiy voris boʻlgan soliq toʻlovchi qayta tashkil etilgan taqdirda, uning ilgari oʻz faoliyatini tugatgan soliq toʻlovchidan koʻrgan zararlari oʻtkazilmaydi.