Soliq kodeksi 337-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Soliq toʻlovchilar Soliq stavkalari, foizlarda 1 Banklar 20 2 Quyidagi soliq toʻlovchilar: polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi; faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishdan iborat boʻlgan 20 3 Oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari 0 4 Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar 0 5 Qoʻshimcha manbalardan daromadlar oluvchi budjet tashkilotlari 0 7 Bozor va savdo komplekslarida xizmat koʻrsatishdan olingan foyda 20 9 Yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq toʻlovchilar 0 10 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olinadigan daromadlar 0 10¹ Umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0 10² Yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda 0 11 Dividendlar tarzidagi daromadlar 5 12 Qolgan soliq toʻlovchilar, bundan 1 — 11-bandlarda koʻrsatilganlar mustasno 15 Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar faoliyatning barcha turlari boʻyicha belgilangan soliq stavkasini qoʻllaydi. Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar, agar oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari j