Soliq kodeksi 345-modda. Soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish hamda toʻlash tartibi

Dividendlar va foizlar tarzida daromadlar toʻlovchi yuridik shaxslar ushbu Kodeks 343-moddasining birinchi va 344-moddasining ikkinchi qismlarid a nazarda tutilgan hollarda soliq agentlari deb eʼtirof etiladi. Soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga nisbatan har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida soliq summasini ushbu Kodeks 337-moddasining birinchi qismi 11-bandida yoki 381-moddasida nazarda tutilgan soliq stavkalari boʻyicha koʻrsatilgan daromadlarni ushbu moddada belgilangan tartibda har bir toʻlovga tatbiqan belgilaydi. Dividendlar oluvchi soliq toʻlovchining daromadlaridan ushlab qolinadigan soliq summasini aniqlashda soliq bazasi har bir oluvchiga nisbatan soliq agenti tomonidan shu oluvchiga toʻgʻri keladigan soliq solinadigan dividendlar jami summasining ulushi sifatida aniqlanadi. Dividendlarning soliq solinishi lozim boʻlgan bunday jami summasi yuridik shaxs tomonidan barcha oluvchilarning foydasiga taqsimlanishi lozim boʻlgan, ushbu yuridik shaxs tomonidan joriy hisobot (soliq) davrida va oʻtgan hisobotda (soliq davrlarida) olingan dividendlarni dividendlarni oluvchilar foydasiga taqsimlash sanasidagi dividendlar umumiy summasiga kamaytirilgan dividendlarning umumiy summasi sifatida aniqlanadi. Bunda taqsimlanadigan dividendlarning umumiy summasini ushbu yuridik shaxs tomonidan olingan dividendlar summasiga kamaytirish, basharti ushbu olingan dividendlar summasi avval ushbu yuridik shaxsning dividendlar tarzida olingan daromadlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa, amalga oshiriladi. Soliq agenti ushbu Kodeks 344-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan foiz tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq summasini, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibga aynan oʻxshash tartibda aniqlaydi. Dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti oʻzining soliq hisobiga o