Soliq kodeksi 357-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha soliq solishdan ozod qilishning yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi (bitimi) qoidalarini qoʻllashning ushbu moddada belgilangan tartibi norezidentning ushbu Kodeksning 351-moddasida nazarda tutilgan daromadlariga nisbatan tatbiq etiladi. Soliq agenti soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini, agar daromad oluvchi norezident Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlsa, mustaqil ravishda qoʻllash huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari daromad oluvchi tomonidan soliq agentiga soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat daromadni toʻlash sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi sharti bilan qoʻllaniladi. Daromadlar norezidentga dividendlar, foizlar va (yoki) royalti tarzida toʻlanganda, basharti norezident ushbu daromadlarga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega boʻlsa, soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va ushbu Kodeksning 6-moddasida belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllaydi. Soliq agenti norezidentdan ushbu norezident tegishli daromadni olishga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega ekanligi tasdiqnomasini soʻrab olishga haqli. Daromadlarni olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan norezidentga ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan daromadlarni vositachi orqali toʻlashda soliq agenti daromadning bunday haqiqiy oluvchisi rezidenti boʻlgan davlat bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki norezident tomonidan daromadlarni toʻlashga asos boʻladigan qoʻshimcha shartnoma (kontrakt) va boshqa hujjatlar vositachi orqali haqiqiy oluvchi boʻlgan har bir shaxs boʻyicha daromad summasi aks ettirilganda uning pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli. Bunday hujjatlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: 1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismini (agar ular shaxsini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa) yoki yur