Soliq kodeksi 361-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar

Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi: 1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinishi lozim boʻlgan daromadlari; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtguniga qadar aylanmadan soliqni toʻlash davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.