Soliq kodeksi 369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar

Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan soliq toʻlovchi olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti, sovgʻalar va budjet subsidiyalari; 2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar; 3) olingan alimentlar; 4) fuqarolar tomonidan olinadigan sugʻurta tovoni summalari; 5) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda toʻlanadigan stipendiyalar; 6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari; 7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʼzosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) mustasno; 8) majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari, ular boʻyicha foizli daromadlar, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari. 9) oʻquvchilar va talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi professional va oliy taʼlim tashkilotlari hududida pulli oʻquv kurslarini, sport toʻgaraklarini tashkil etishdan va boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlari; 10) Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʻyicha daromadlar; 11) egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida mulkdorlarga yer uchastkasiga boʻlgan huquq hamda ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari uchun toʻlangan kompensatsiya summasi; Soliq agentlarining ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoni