Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yillik ish yakunlari boʻyicha pul mukofoti; 2) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar; 3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 4) taʼtilga qoʻshimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 377-moddasining 10-bandida koʻrsatilmagan moddiy yordam; 5) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar; 6) ratsionalizatorlik taklifi uchun toʻlov; 7) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar.