Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi: 1) moddiy yordam summalari: vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda; ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, — soliq davri uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda; 2) soliq agenti tomonidan quyidagi yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari, bundan turistik yoʻllanmalar mustasno: Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymatini nogironligi boʻlgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻliq yoki qisman qoplash summalari; Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sogʻlomlashtirish muassasalariga oʻz xodimlarining oʻn olti yoshgacha bolalari (oʻqiydiganlarga — oʻn sakkiz yoshgacha) uchun yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari; 3) oʻz xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summalar, shuningdek ish beruvchining davolashga hamda tibbiy xizmat koʻrsatishga, nogironlik profilaktikasi va nogironligi boʻlgan shaxslarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olishga oid xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat koʻrsatganlik uchun ish beruvchilar tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq toʻlangan taqdirda, shuningdek sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan naqd pul mablagʻlari bevosita xodimga, xodim yoʻqligida esa — uning oila aʼzolariga, ota-onasiga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar xodimning bankdagi hiso