Soliq solish maqsadida bir jismoniy yoki yuridik shaxsning (bundan buyon matnda shaxs deb yuritiladi) ulushi tanlangan boshqa yuridik shaxsdagi (bundan buyon matnda tanlangan yuridik shaxs deb yuritiladi) ulushni aniqlash uchun ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita va bilvosita ishtirok etish ulushlarining summasi tarzida aniqlanadi. Tanlangan yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalarining bevosita shu shaxsga tegishli boʻlgan ulushi yoki tanlangan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita ushbu shaxsga tegishli boʻlgan ulushi yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi. Shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushini aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, ishtirokchilarning tanlangan yuridik shaxsdagi soniga mutanosib ravishda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi. Quyidagi tartibda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bilvosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi: 1) ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda ishtirok etishining barcha ketma-ketligi har bir ilgarigi yuridik shaxsning tegishli ketma-ketlikdagi har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ishtiroki orqali aniqlanadi; 2) har bir ilgarigi yuridik shaxsning har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ketma-ketlikdagi ishtirok etish ulushi aniqlanadi; 3) har bir shunday ketma-ketlik uchun ushbu ketma-ketlikning barcha yuridik shaxslari uchun bevosita ishtirok etish ulushi topiladi; 4) har bir shunday ketma-ketlik uchun topilgan bevosita ishtirok etish ulushlarining barchasi jamlanadi. Tashkilotda ishtirok etish ulushini aniqlashda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxsning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasidagi ishtirok etish ulushi ham hisobga olinadi, ushbu shaxs qaysi chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq taʼsis etilgan boʻlsa, shu qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarning yoxud yuridik shaxs tas