Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi. Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy maʼlumotlarini hamda birlamchi hisobga olish hujjatlari maʼlumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Mazkur shakllarda soliq toʻlovchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan maʼlumotlar, soliq toʻlovchilarga toʻlanadigan daromad turlari va toʻlov manbaida unga qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, ularni toʻlash sanasi, soliq toʻlovchining maqomi, soliqni ushlab qolish va toʻlash sanasi koʻrsatilishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan soliq bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Soliq agentlari soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 387-moddasida koʻrsatilgan daromadlaridan hisoblangan soliq summasini ushlab qolishi shart. Soliqning hisoblangan summasini soliq toʻlovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq toʻlovchiga toʻlayotgan har qanday pul mablagʻlari hisobidan, bu pul mablagʻlari soliq toʻlovchiga yoki uning topshirigʻiga binoan uchinchi shaxslarga toʻlanayotganda amalga oshiriladi. Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu boʻlimda belgilangan soliq bazasi hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan eʼtiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq toʻlovchining ish joyi boʻyicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi. Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovgʻa, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs yillik jami daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshirganda