Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan, Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlashda ushbu Kodeksning 342-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi. Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni boʻyicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.