Soliq kodeksi 4-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning vaqt boʻyicha amal qilishi

Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonunchiliklar orqaga qaytish kuchiga ega. Soliqlar va yigʻimlarni bekor qilishni, soliqlar va yigʻimlar stavkalarini kamaytirishni, soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar bu soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yangi soliqlar va yigʻimlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach amalga kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari subyektlarining holatini boshqacha tarzda ogʻirlashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ham xuddi shunday tartibda amalga kiritiladi. Soliqlar va yigʻimlar stavkalarining oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular rasman eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga kiritiladi. Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilmagan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq mudd