Soliq kodeksi 417-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi

Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 412-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi. Agar koʻchmas mulk, ushbu Kodeks 411-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan obyektlardan tashqari, soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobga olish joyida joylashmagan boʻlsa, soliq hisoboti koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi. Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar (bundan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlaydi. Boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan (oʻrtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi: aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan — yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay; aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdor