Soliq kodeksi 444-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi

Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv oʻlchagich asboblar koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi. Suvdan oʻlchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni isteʼmol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sugʻorish normalaridan yoki maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq toʻlovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmogʻidagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu maʼlumotlarni soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazishi lozim. Issiq suv hamda bugʻ hosil qilinishi boʻyicha soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun oʻzi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq bazasini mustaqil ravishda aniqlaydi. Soliq toʻlovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib koʻrish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmining farqini s